IELTS yoki TOEFL: xorijda o'qish uchun qaysi birini tanlash kerak?
Ko’pchilik talabalar birinchi savol sifatida shuni so’raydi: IELTS yoki TOEFL?
Asosiy qoida
Avval o’zingiz tanlagan universitetlarning rasmiy saytini tekshiring. Aksariyat universitetlar ikkalasini ham qabul qiladi, lekin minimal ball va qabul qilinadigan test turi farq qilishi mumkin.
Farqlari
- IELTS — odatda Buyuk Britaniya va Yevropada keng tarqalgan; speaking bo’limi imtihonchi bilan jonli suhbat shaklida.
- TOEFL iBT — AQSH universitetlarida keng qabul qilinadi; savollar akademik muhitga yaqin.
- Ikkalasi ham o’qish, tinglash, yozish va gapirishni tekshiradi.
Qanday tanlash kerak
- Universitet talablarini tekshiring.
- Namunaviy (practice) testlarni yeching va qaysi format sizga qulayligini ko’ring.
- Test topshirish joyi, sanasi va narxini taqqoslang.
- Natija amal qilish muddatini hisobga oling.
Qachon topshirish kerak?
Natija topshirish muddatidan oldin tayyor bo’lishi lozim. Qayta topshirishga imkon qoldirish uchun kamida 3–4 oy zaxira rejalashtiring.
Qaysi test sizga mosligini va tayyorgarlik rejasini birga tuzamiz — bepul konsultatsiya uchun yozing.